Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Turkiya, Suriya, Rossiya va Eron TIV rahbarlari uchrashuvini kuzatadi
09:40 / 2023-05-10

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Turkiya, Suriya, Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Anqara va Damashq munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha to‘rt tomonlama muzokaralarni diqqat bilan kuzatib boradi. Bu haqda BMT Bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farhon Haq ma’lum qildi.

Anqara va Damashq o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish jarayoni 2022 yil 28 dekabrda Moskvada Rossiya, Suriya va Turkiya harbiy idoralari rahbarlari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan keyin boshlangan edi. Uchrashuvda qo‘shma uch tomonlama komissiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi.  

Shundan so‘ng tashqi ishlar vazirlari darajasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kerak edi. Unda Turkiya va Suriya prezidentlari Rejep Tayyip Erdog‘an va Bashir Asad uchrashuvini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish mo‘ljallangandi.  

Bu orada Eron TIV rahbarining mazkur maslahatlashuvlarda ishtirok etishi xabar qilinadi.  

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavusho‘g‘lu 10 may kuni Moskvada Suriya bilan munosabatlarni normallashtirish, terrorizmga qarshi kurash masalalarining muhokama qilinishi, shuningdek, qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalanayotganini ma’lum qildi.

O‘zA