French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT "Tolibon" va’dalarini bajarmayotganini ma’lum qildi
11:38 / 2021-09-14

"Tolibon" ayollar huquqlari bilan bog‘liq va’dalarini bajarmayapti. BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bacheletning aytishicha, Afg‘onistonda "Tolibon" hokimiyatga kelganidan beri ko‘plab ayollar, etnik va diniy guruhlar vakillari xavotir ostida qolgan.

"Tolibon" ayollarning huquqlarini himoya qiladi, degan ishonchga qaramay, so‘nggi uch hafta ichida ayollar asta-sekin jamiyatdan chetlashtirildi, – dedi Bachelet.

Reuters xabariga ko‘ra, ba’zi joylarda 12 yoshdan oshgan qizlarning maktabga borishiga ruxsat berilmagan, ayollar esa uyda qolishlari shart.

Shuningdek, u sobiq hukumat amaldorlari va xavfsizlik xizmati xodimlarini afv etish haqidagi va’dalar bajarilmaganini aytgan.