"Tolibon" va ushbu harakat bilan aloqador bo‘lgan shaxslar xorijiy qo‘shinlar mamlakatdan ketganidan keyin, Afg‘onistonning o‘nlab sobiq davlat xizmatchilarini, xavfsizlik kuchlari xodimlarini va xalqaro harbiy kontingenti bilan ishlagan odamlarni o‘ldirgan, deyiladi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Xavfsizlik kengashiga taqdim etgan ma’ruzasida.
Shu bilan birga, hujjatda ushbu qatllar bo‘yicha aniq dalillar keltirilmagan.
"Avvalgi hukumatning sobiq a’zolari, xavfsizlik kuchlari xodimlari hamda xalqaro qurolli qo‘shinlar bilan ishlagan odamlar yoppasiga afv etilganiga qaramay, MOONSA (BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi) ularga nisbatan xunrezliklar, zo‘ravonliklar, o‘g‘irlab ketishlar va boshqa qonunbuzarliklar amalga oshirilayotgani haqida ma’lumot olgan", - deyiladi mazkur ma’ruzada.
Hujjatda keltirishicha, 15 avgustdan buyon MOONSA 100 dan ortiq shunday qatlliklar haqida ma’lumot olgan.
Shuningdek, xabarda ta’kidlanishicha, “ushbu qatlliklarning uchdan ikki qismidan ortig‘i sudsiz-so‘roqsiz amalga oshirilgan”.
Ma’ruzada shuningdek, Islom davlati terrorchi guruh bilan aloqadorlikda gumon qilingan kamida 50 kishini ham sudsiz qatl qilgani aytilmoqda.