BMT TD bilan hamkorlikning ustuvor masalalari belgilab olindi
Bugun O‘zbekiston tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili Matilda Dimovska bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida loyiha bosh rejasini ishlab chiqish va mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik missiya rahbarlari taklifiga binoan, kelayotgan bahor mavsumida daraxt ekish tadbirlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, iqlim, atrof-muhit, biologik xilma-xillik kabi “yashil” makon masalalariga bag‘ishlangan grant loyihalarning qisqachm taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zA