French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Taraqqiyot dasturi bilan davlat xizmatlari sohasidagi hamkorlikning keyingi yo‘nalishlari belgilab olindi
18:36 / 2020-11-19

Davlat xizmatlari agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi oraliq natijalarni sarhisob qilib, raqamli tizimga o‘tish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Joriy yilning 19 noyabr kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi vakillari bilan uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi, Davlat xizmatlari agentligi va O‘zbekistondagi BMTTDning “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim yetishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Xususan, loyihaning 2019-2020 yillarda erishgan yutuqlari va COVID-19 pandemiyasi paytida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish hamda yaqin kelajakda davlat xizmatlarini raqamlashtirishga yo‘naltirilgan loyihaning keyingi rejalarini muhokama qildilar.

Matilda Dimovska, 
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska o‘z nutqida COVID-19 pandemiyasi davrida raqamli texnologiyalarning roli va ahamiyati sezilarli darajada oshganligi, yuqori sifatli va barqaror raqamli tizimlar karantin davrida davlat xizmatlarini samarali yetkazib berish hamda fuqarolarning masofadan turib davlat bilan o‘zaro aloqalarini ta’minlash uchun juda muhim vosita ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, uch tomonlama uchrashuv doirasida ISO 9001 va ISO 27001 xalqaro standartlari bo‘yicha o‘tkazilgan kurslarning ishtirokchilarini tegishli sertifikatlar bilan taqdirlashning rasmiy marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Davlat xizmatlari agentligida ISO 9001 va ISO 27001 xalqaro standartlariga muvofiq integratsiyalashgan boshqaruv tizimini joriy etish davlat xizmatlari sifatini ko‘tarish va tashkilot samaradorligini oshirishga, shuningdek, kadrlar boshqaruvini takomillashtirishga hissa qo‘shishga, bu bilan esa, mijozlar ehtiyojlarini qanoatlantirish va fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga ko‘aklashadi.

Ulug‘bek Muhammadiyev,
Davlat xizmatlari agentligi direktori

ISO 9001 va ISO 27001 xalqaro standartlari talablarini o‘rgatish uchun 2020 yil 5-20 oktyabr kunlari DXA va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari uchun o‘quv kurslari tashkil etildi. Trening yakunida barcha 29 ishtirokchi ushbu kurs uchun malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirdilar.

O‘zbekiston hukumatining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun mazkur qo‘shma loyiha Agentlik va uning hududiy boshqarmalarini aholiga elektron davlat xizmatlari sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan zamonaviy raqamli vositalar bilan jihozlashga yordam beradi. Xususan, respublika bo‘ylab FHDYO arxivlarini raqamlashtirish uchun umumiy qiymati 1,2 million AQSH dollarilik 12 ta V-shaklidagi skanerlar, serverlar va boshqa uskunalar sotib olinib, o‘rnatildi. FHDYO tizimi qaydlari uchun arxivlangan ma’lumotlarning yaxlitligi va xavfsizligini ta’minlash uchun blokcheynga asoslangan tizimlar ham joriy qilinmoqda. Bundan maqsad – barcha qog‘ozli arxivlarni ma’lumotlarni avtomatik ravishda olish va qayta ishlashga imkon beradigan yagona ma’lumotlar bazasi asosidagi elektron yozuvlarga aylantirishdir.

Shuningdek, mazkur qo‘shma loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (2017 yil 12 dekabrdagi 5278-sonli) farmoniga mufofiq, Davlat xizmatlari agentligiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishni masofadan onlayn rejimda kuzatib boruvchi Vaziyatlar markazini yaratish va jihozlashda yordam beradi. Ushbu tashabbus uchun jami 300 000 AQSH dollari jalb qilindi. Barcha 201 ta davlat xizmatlari markazlarida onlayn rejimda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining monitoringini ta’minlash, shuningdek qarorlarni yanada samarali qabul qilish uchun ma’lumotlarni avtomatik ravishda yig‘ish, qayta ishlash va ko‘rinarli formatga o‘tkazish uchun Business Intelligence sinfining biznes-tahlil tizimi ishlab chiqilmoqda.

Surxondaryo viloyati (Sariosiyo tumani), Qashqadaryo viloyati (Dehqonobod tumani), Jizzax viloyati (Baxmal tumani), Sirdaryo viloyati (Xovos tumani) va Toshkent viloyatidagi (Nurafshon shahri) Davlat xizmatlari markazlari tajriba tariqasida talab olinib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash uchun mazkur qo‘shma loyiha umumiy qiymati qariyb 178 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi 200 dona axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uskunalarini (serverlar, shaxsiy kompyuterlar, tarmoq va telekommunikatsiya qurilmalari, videokuzatuv moslamalari, foydalanuvchi bilan aloqa mexanizmlari va boshqalar) sotib olib, Agentlikka taqdim qildi. Shuningdek, ayni paytda yuqoridagi 5 ta tajriba markazlaridagi konditsioner qurilmasi uchun mebel va uskunalar sotib olish ishlari olib borilmoqda.

Fransua Bejo,
YeI Delegasiyasining O‘zbekistondagi vakili 

Tajriba uchun tanlangan hududlarda kamida 5 ta yangi davlat xizmatlari markazlarining texnik salohiyatini oshirish orqali BMT Taraqqiyot Dasturi va Yevropa Ittifoqi aholining ishonchini oshirish va DXM orqali, ayniqsa qishloq joylarda, davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarining barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shadi.

Shuni ta’kidlashni kerakki, qo‘shma loyiha O‘zbekiston hukumatining 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini avtomatlashtirish uchun joriy etiladigan «Litsenziya» axborot tizimini rivojlantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ushbu tashabbus doirasida “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim yetishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi O‘zbekistonda raqamli tizimga o‘tishni faol ravishda targ‘ib qilmoqda.