BMT Shimoliy Koreyaga insonparvarlik ko‘magini ko‘rsatadi
BMTning Xalqaro oziq-ovqat dasturi Shimoliy Koreyaga insonparvarlik ko‘magini ko‘rsatishda davom etadi, bunday yordam oxirgi marta shu yilning martida yetkazilgandi.
Tashkilotning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha vakili Kun Lining bayonotida: “O‘tgan yili 730 ming kishi bizning oziq-ovqat ko‘rinishidagi ko‘magimizni oldi, ko‘mak berish bu yil ham davom ettiriladi”, deyilgan.
Avvalroq, pandemiya tufayli insonparvarlik tashkilotlari, jumladan, BMTning Xalqaro oziq-ovqat dasturi mas’ullari ham Shimoliy Koreyadan chiqib ketgani xabar qilingandi.