French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ustida ishlashga tayyor ekanini ma’lum qildi
10:50 / 2022-09-08

Rossiya va BMT vakillari Jenevada bo‘lib o‘tgan maslahatlashuv uchrashuvi davomida Istanbulda imzolangan memorandumni hayotga joriy qilishning muhim jihatlarini muhokama qildi.

Uchrashuvda jumladan, Rossiyadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlar eksportini sug‘urtalash va logistika bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi, deb ma’lum qildi Rossiyaning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi vakillari. 

Xabarda aytilishicha, muzokaralar chorshanba kuni boshlangan va juma kuni nihoyasiga yetishi kutilmoqda. BMT delegatsiyasiga mazkur tashkilotning savdo va rivojlanish konferensiyasi (YUNKTAD) bosh kotibi Rebekka Grinspan rahbarlik qilgan. 

Rossiya diplomatik missiyasining ta’kidlashicha, BMT o‘zining “o‘rtakashlik” sa’y-harakatlarini davom ettirishga tayyor ekanini bildirgan hamda ijobiy natijalarga erishish uchun mazkur masalani ushbu murakkab jarayonga jalb qilingan barcha mamlakatlar bilan muhokama qilib borishni ta’kidlagan.