BMT Rossiya va Ukrainani mahbuslar almashinuvini davom ettirishga chaqirdi
BMT Rossiya va Ukrainani mahbuslar almashinuvini davom ettirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri.
– Biz Rossiya va Ukrainani mahbuslar almashinuvini davom ettirish, hibsdagi tinch aholini ozod qilish va ukrainalik bolalarni qaytarish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirishga chaqiramiz, - dedi BMT Siyosiy va tinchlik o‘rnatish ishlari departamentining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘limi rahbari vazifasini bajaruvchi Kayoko Goto.
Uning ta’kidlashicha, BMT ikki o‘lka o‘rtasida halok bo‘lgan askarlar jasadlari almashinuvini ham nazoratga oladi.
S.Rahimov, O‘zA