Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Rossiya va AQSHni ogohlantirdi
14:55 / 2023-02-22

BMT Rossiya va AQSHni “START” shartini bajarishga chaqirdi. Aks holda, oqibat halokatli bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirdi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

“CNV-III – New START” Rossiya Federatsiyasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida qabul qilingan Strategik hujum qurolini yanada qisqartirish va cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi muhim hujjat hisoblanadi. Shartnoma ikki buyuk davlatda joylashtirilgan strategik yadro quroli zaxirasini o‘zaro kamaytirish to‘g‘risidagi ikki tomonlama kelishuvdir.

– Bugun gapirish kerak: yadroviy qurol nazoratisiz dunyo ancha xavfli va beqaror, – deydi mulozim. – Afsuski, oqibat halokatli va ayanchli bo‘lishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha sa’y-harakatni muvofiqlashtirish, jumladan, muloqotni zudlik bilan tiklash zarur.

Uning ta’kidlashicha, “START” shartnomasi nafaqat Rossiya va AQSH, balki butun xalqaro hamjamiyat xavfsizligini ta’minlaydigan hujjat. RF Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga murojaatida mamlakat Strategik hujum qurollari bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatishini ma’lum qildi. Aniqlik kiritilishicha, shartnomadan butunlay chiqish haqida gap yo‘q.

O‘zA