English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Pokistonda 3,5 million afg‘on qochqini bor
10:43 / 2023-09-26

Pokistondagi afg‘onistonlik qochoqlar soni 3,5 millionga yetdi. Bu haqda BMT Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lum qildi. Bayonotda aytilishicha, ulardan faqat bir yarim millioni Pokistonda yashash va mehnat qilish huquqini beradigan hukumat qaydidan o‘tgan.

Tolibon hukumatga kelgan 2021 yil avgust oyidan beri Pokistonga 600 mingdan ziyod qochoq va emigrant o‘tgan. Bungacha uch millondan ortiq afg‘on ushbu qo‘shni mamlakatda yashab kelayotgan edi.

Bu yil taxminan 880 ming kishining mamlakatda yashash huquqini beruvchi hujjati muddati tugaydi. Agar hukumat ularning hujjatini uzaytirmasa, u holda bu afg‘onlarni Pokistondan chiqarib yuborishga to‘g‘ri keladi.

Boshqarma ko‘magida ikki yil ichida 16 ming afg‘on Pokistondan Afg‘onistonga qaytarilgan, deyiladi xabarda.

20 mingga yaqin Afg‘oniston fuqarosi AQSHga kirishiga ruxsat beruvchi “R2” dasturida qatnashmoqda.