Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: pandemiya davridagi cheklovlarni bekor qilinishi turizmni tiklanishiga sharoit yaratmoqda
11:22 / 2021-11-27

BMTning xalqaro sayyohlik tashkiloti dunyo bo‘ylab antikovid cheklovlarining bosqichma-bosqich olib tashlanishi sayyohlik tiklanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.  

Tashkilot ma’lumotiga qaraganda, dunyoning 21 foiz sayyohlik yo‘nalishlari yopiqligicha qolmoqda, 25 foizi esa – qisman ochiq, yana 52 foiz sayyohlik yo‘nalishida tegishli test hujjati talab qilinadi.  

39 foiz sayyohlik yo‘nalishida tartiblar emlanganlar uchun yumshatilgan.  

Osiyo-Tinch okeani hududida eng keskin qoidalar o‘rnatilgan.  

Yevropa sayyohlik uchun hozirda eng ochiq hudud, bu borada Afrika ikkinchi, Yaqin Sharq uchinchi o‘rinda qayd etilgan.