Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Oxirgi uch haftada Suriyaga 50 ming odam qaytdi
12:23 / 2024-12-27

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi qo‘shni davlatlardan Suriyaga qaytgan qochqinlar soni 3 haftada 50 ming kishidan oshganini bildirdi. U ijtimoiy tarmoq orqali Bashar Asad rejimi ag‘darilgandan so‘ng suriyaliklarning o‘z yurtiga qaytishi jadallashgani haqida yozgan.

Shu bilan birga Grandi mamlakatda yashash sharoiti hamon og‘irligicha qolayotgani, kelayotganlar va boshqa muhtojlarga ko‘proq gumanitar yordam yetkazilishi zarurligini ta’kidladi.