French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT noyabr oyidanoq oziq-ovqat inqirozi boshlanishidan xavotir bildirmoqda
15:37 / 2022-08-01

Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida agar kerakli o‘g‘itlar yetib bormasa, noyabr-dekabr oyidanoq oziq-ovqat inqirozi boshlanishi mumkin, deb bayonot berdi BMT bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songve brifingda RF va Ukrainaning o‘g‘it eksportida kuzatilayotgan muammolar xususida to‘xtalib.

"Agar mamlakatlar o‘g‘it bilan ta’minlanmasa, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida noyabr-dekabr oyida oziq-ovqat inqirozi boshlanishiga guvoh bo‘lamiz, chunki ushbu mamlakatlarda hozir ekin-tikin ishlari boshlangan", – dedi Songve.  

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.    

Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna  bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi. Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.