Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Millionlab odam ocharchilik yoqasida
12:44 / 2026-02-01

Yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (G‘AO) hamda Jahon oziq-ovqat dasturi (WAR) yer yuzidagi global darajada issiq 16 nuqtada oziq-ovqat bilan bog‘liq vaziyat juda tez yomonlashayotganidan ogohlantiruvchi qo‘shma hisobot e’lon qildi.

Bunday manzillarning aksarida ocharchilik qurolli mojaro, iqtisodiy inqiroz, favqulodda ob-havo sharoiti va moliya tanqisligi tufayli yuzaga kelmoqda.

2025 yil noyabrdan 2026 yil maygacha bo‘lgan davrni qamrab olgan hujjat mualliflari ommaviy ocharchilikning oldini olish kechikayotganini ta’kidlagan.

Масштабы голода в мире растут шестой год подряд: 295 миллионов человек – на  грани выжиvaния | Новости ООН

Hisobotda 6 hudud – Gaiti, Mali, Falastin, Janubiy Sudan, Sudan va Yaman eng jiddiy tashvish tug‘dirayotgani aytilgan.

Afg‘oniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Myanma, Nigeriya, Somali va Suriya kabi yana 6 mamlakat esa “o‘ta yuqori xavf” sifatida tasniflangan.

Boshqa “qaynoq” nuqtalar qatoriga Burkina-Faso, Chad, Keniya va Bangladeshdagi Rohinja vaziyati kiritilgan.

Ko‘makka ehtiyoj kuchayib borayotganiga qaramay, insonparvarlik dasturlari uchun ajratilayotgan mablag‘ keskin kamaydi. Mo‘ljaldagi 29 milliard dollardan oktyabr oyi oxiriga kelib atigi 10,5 milliard dollar to‘plangan. Natijada maktab ovqatlanish dasturlari to‘xtatildi, qochqinlar va ko‘chirilganlarga yordam kamaydi.

ООН: сокращение gumanitarного финансироvaния obернется голодом для миллионов  людей | Новости ООН

Shuningdek, G‘AO mablag‘ yetishmovchiligi qishloq xo‘jaligi tashabbuslari, jumladan urug‘lik ta’minoti, veterinariya xizmati va ekish mavsumidan oldingi ehtiyot choralarini xavf ostida qoldirganidan ogohlantirmoqda.

Jahon oziq-ovqat dasturi mas’ullari ocharchilikni oldindan taxmin qilish va oldini olish mumkinligini ta’kidlab, xalqaro hamjamiyatni mazkur ehtimoliy muammoga shoshilinch e’tibor qaratish, chidamlilik va oziq-ovqat xavfsizligiga sarmoya kiritish, nizoli hududlarga gumanitar yordam to‘siqsiz kirishini ta’minlashga chaqirgan.

Jahon oziq-ovqat dasturi bosh direktori Sindi Makkeyn so‘zlariga ko‘ra, dunyo oldini olish mumkin bo‘lgan falokat yoqasida turibdi, kechikish beqarorlikni kuchaytiradi, migratsiya ko‘lamini yanada kengaytirib, yangi mojarolar keltirib chiqaradi.

S.Rahimov, O‘zA