BMT hisobotiga ko‘ra, Lotin Amerikasi va Karib havzasida ochlik 2000 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.
2019-2020 yillar oralig‘ida koronavirus pandemiyasining oqibatlari tufayli ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 13,8 millionga oshib, 60 million kishiga yetgan, – deyiladi BMT ma’lumotida.
Bu 267 million aholiga ega mintaqadagi 10 kishidan 4 nafari oziq-ovqat yetishmasligini boshdan kechirayotganini anglatadi.
– Biz buni baland ovozda va aniq aytishimiz kerak, Lotin Amerikasi va Karib havzasi oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy vaziyatga duch kelmoqda, – deydi BMT vakili Xulio Berdeguye.
Pandemiyadan oldin Janubiy Amerika aholisining taxminan 7 foizi ochlikka duchor bo‘lgan. Hozir mintaqada to‘yib ovqatlanmaslik 9,1 foizga yetdi.
2020 yil davomida mintaqadagi ayollarning 41,8 foizi, erkaklarning 32,2 foizi oziq-ovqat yetishmovchiligini boshdan kechirdi.
To‘yib ovqatlanmaslik darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar Gaiti 46,8 foiz, Venesuela 27,4 foiz, Nikaragua 19,3 foiz, Gvatemala 16,8 foiz, Gonduras 13,5 foizni tashkil etgan.
Ulug‘bek Mahmirzayev