BMT Liviyadagi harbiy harakatlarda jabrlanganlar uchun 2 million dollar ajratdi
TASSning xabar berishicha, BMT Favqulodda vaziyatlarga yo‘naltirilgan (FVYJ) markaziy jamg‘armasi hisobidan Liviyadagi harbiy harakatlarda jabrlanganlar uchun 2 million dollar ajratdi.
TASSning xabar berishicha, BMT Favqulodda vaziyatlarga yo‘naltirilgan (FVYJ) markaziy jamg‘armasi hisobidan Liviyadagi harbiy harakatlarda jabrlanganlar uchun 2 million dollar ajratdi. Bu haqda Tashkilot kotibiyati tarqatgan axborotda ma’lum qilingan.
BMT Bosh kotibining insonparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mark Loukok FVYJ hisobidan Liviyadagi zo‘ravonlik xuruji markazlarida og‘ir ahvolda qolgan migrantlar va qochoqlar uchun 2 million dollar ajratdi, deb axborot tarqatgan Tashkilot kotibiyati.
Ushbu mablag‘ birinchi navbatda qurolli to‘qnashuvlarda jarohatlanganlarni qabul qilgan shifoxonalarga yo‘naltiriladi.
4 aprel kuni qo‘mondon Xalifa Haftar o‘z armiyasiga Tripoliga hujum qilishga buyruq berdi. Bu hujum BMT bosh kotibi Antonio Guterresh Liviya poytaxtiga kelgan vaqtda boshladi, bosh kotib Tripoliga siyosiy inqirozdan chiqish yo‘llarini muhokama qilish maqsadida tashrif buyurgan.