BMT Koreya yarim oroli hududi yadro qurolidan holi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi
Shimoliy Koreyaning qanotli raketalar sinovini o‘tkazgani Koreya yarim oroli hududini yadro qurolidan holi qilish zaruratini yana bir bor yodga soladi, dedi BMT bosh kotibi rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga.
“Regnum” xabariga ko‘ra, Pxenyanning keyingi paytdagi harakatlariga izoh berarkan, BMT vakili davlatlar Shimoliy Koreyaga nisbatan diplomatik munosabatda yakdil bo‘lishi lozimligini va tinchlik barqarorligi uchun Koreya yarim oroli yadrodan holi bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Uningcha, BMT mamlakatlari mintaqadagi keskinlikka barham berish uchun yangi vositalarni qo‘llashi talab qilinadi.