Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Kongoga kuzatuvchi missiya yubormoqda
12:53 / 2026-02-03

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yaqin kunlarda Kongo Demokratik Respublikasida hukumat kuchlari va AFC/M23 isyonchi guruhi o‘rtasida kelishilgan sulhni nazorat qilish uchun ilk kuzatuvchilarni yuboradi. Bu haqda Qatar tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bayonot Doha shahrida o‘tkazilgan muzokarada kelishilgan.

Kuzatuvchi missiya mamlakat sharqidagi strategik ahamiyatga ega Uvira shahrida joylashadi. Bu maskan o‘tgan yil dekabrida AFC/M23 tomonidan tezkor hujum chog‘ida egallangan. O‘tgan oy isyonchilar chekinishini e’lon qilgandan keyin esa hukumat qo‘shini va ittifoqchi kuchlar tomonidan yana nazoratga olingan.

Mazkur qaror Qatar vositachiligida olib borilayotgan bevosita muloqot jarayonida muhim siljish kuzatilganini anglatadi. AFC/M23 guruhi o‘tgan yil Kongo sharqida avval hech qachon egallamagan darajada keng hududlarni qo‘lga kiritgan edi. Ayni payt AQSH Kongo rasmiy hukumati va Ruanda o‘rtasida alohida muzokara olib bormoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA