Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Kobuldagi portlash qurbonlari soni 43 nafarga yetganini ma’lum qildi
12:58 / 2022-10-03

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi ma’lum qilishicha, juma kuni Kobul g‘arbidagi ta’lim markazida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 43 kishiga yetdi, jarohatlanganlar 83 kishi.

– Qurbonlarning ko‘pchiligi qizlar, yosh ayollar. Ular soni yana ortishi mumkin. Kobuldagi inson huquqlari bo‘yicha guruhlarimiz a’zolari tekshiruvni davom ettiryapti, – deyiladi missiyaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan xabarda.

Avvalroq portlash tufayli 35 fuqaro halok bo‘lgani, 82 kishi yaralangani e’lon qilingandi. “Ariana News” telekanali xabar berishicha, portlash shahar g‘arbidagi Dasht-e Barchi hududidagi Kaj o‘quv markazida sodir etilgan.

Ichki ishlar vazirligining Tolibon hukumatidagi vakili Abdul Nafi Tahora voqea haqidagi ma’lumotni rasman tasdiqlagan.