Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Janubiy Osiyodagi ochlik holati haqida hisobot berdi
10:10 / 2025-11-30

Hindiston ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi natijasida Janubiy Osiyoda ochlik holati yaxshilandi, dedi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (G‘AO) Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalar bo‘yicha idorasi direktori Oleg Kobyakov "RIA Novosti" agentligiga bergan intervyusida.

- Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyoda vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi, dedi u. - Bu asosan Hindiston, shuningdek Janubiy Amerikada jadal ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish kuzatilgani bilan bog‘liq. Bu ijobiy tendensiya. Afsuski, Afrika va G‘arbiy Osiyoning aksariyat kichik mintaqalarida ochlik barqaror o‘sayotgani ham bor gap.

Ma’lumotga ko‘ra, Afrikada ochlik darajasi 2024 yildan buyon 20 foiz oshdi, ya’ni mintaqadagi har besh kishidan biri shu azobni boshidan kechirmoqda. G‘arbiy Osiyoda ayni ko‘rsatkich 12,7 foiz ko‘tarilgan. Ya’ni, har sakkiz kishidan biri to‘yib ovqatlanmayapti.

S.Rahimov, O‘zA