Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT jahon hamjamiyatini zilziladan jabr ko‘rgan afg‘onistonliklarga 110 million dollar ajratishga chaqirdi
17:56 / 2022-06-28

Ushbu mablag‘ uch oy davomida Paktika va Xost viloyatlarida zilziladan jabr ko‘rgan 362 ming kishini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi, dedi Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining rasmiy vakili Yens Larke.

Larkening izoh berishicha, “mazkur mablag‘ joriy yilda ko‘zda tutilgan 4,4 milliard dollarlik gumanitar rejaning muhim qismi hisoblanadi”. 22 iyun kuni tunda Afg‘onistonning G‘azni, Kobul, Lag‘man, Logar, Paktika va Xost viloyatlarida dahshatli zilzila ro‘y berdi. 

Afg‘oniston ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, falokat mingdan ziyod kishining yostig‘ini quritgan, ikki mingga yaqin kishi jarohat olgan.