Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Isroil G‘azodagi ekinlarga jiddiy zarar yetkazdi
18:20 / 2024-09-13

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Savdo va taraqqiyot konferensiyasi (YUNKTAD) hisobotida aytilishicha, G‘azo sektoridagi qishloq xo‘jaligi maydonining 80-96 foizi 2024 yil Isroil harbiy amaliyoti natijasida yo‘q qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.

– Xususan, sug‘orish infratuzilmasi, chorva fermalari, bog‘lar, qishloq xo‘jaligi yeri, texnika, omborxona va tajriba manzillarida beqiyos talofat kuzatilgan, – deyiladi hujjatda. – Natijada oziq-ovqat xavfsizligi izdan chiqqan, qashshoqlik darajasi oshgan.

To‘liq qamal qilingach, sektorga suv, elektr energiyasi, yonilg‘i, oziq-ovqat va dori-darmon yetkazib berish to‘xtadi.

G‘azo amalda janubiy va shimoliy qismlarga bo‘lingan. Isroil hozir XAMASning so‘nggi tayanchi hisoblangan Rafohda quruqlikda harbiy amaliyot o‘tkazmoqda.