Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT global miqyosda halokat bo‘lishidan ogohlantirib, aybdor mamlakatlarni ma’lum qildi
10:35 / 2021-08-04

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash Osiyo va Afrikadagi kambag‘al mamlakatlar aybi bilan barbod bo‘lishi mumkin, deb bayonot berdi BMT atrof muhit bo‘yicha dasturining transport harakati bo‘yicha bo‘limi rahbari Rob de Yong Bloomberg agentligiga.

Uning ta’kidlashicha, insoniyatni global halokatdan qutqarish  ushbu davlatlarga bog‘liq, chunki bu mamlakatlar aholisining  elektromobil sotib olishga qurbi yetmaydi.

"Agar biz elektromobillarni faqat AQSH, Finlyandiya va Niderlandiyaga olib kelsak, iqlim bo‘yicha Parij bitimi maqsadlariga erisha olmaymiz. Ekologiyani ifloslantirmaydigan mashinalarni past va o‘rta daromadli mamlakatlarga ham yetkazib berishimiz kerak", — dedi  de Yong.  

Yuzaga kelgan vaziyatga javobgarlikning bir qismi  avto va moto ishlab chiqaruvchilar zimmasiga yuklanadi, ded u. Odamlar arzon va ekologik toza harakat vositalariga ehtiyoj sezadi va mo‘ljalni faqat rivojlangan mamlakatlarning boy kishilariga qaratmaslik lozim, deydi BMT mutaxassisi.

Maqolada ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan tadqiqot natijalari keltiriladi. Unga ko‘ra,  1751 yildan  2017 yilgacha Afrika va Janubiy Amerika mintaqasiga  havoga chiqarilgan  is gazining atigi uch foizi to‘g‘ri kelgan, xalos.  2019 yilda Afrika atmosferaga  1,43 milliard tonna,  Janubiy Amerika 1,1 milliard tonna is gazi chiqargan. Yevro Ittifoqiga esa  2,9 milliard tonna is gazi to‘g‘ri kelmoqda.

De Yongning ta’kidlashicha, qashshoq mamlakatlarda aholining ko‘payishi sababli yaqin kelajakda havoga is gazi chiqarish miqdori ortadi. Masalan, Keniyada 2005 yildan buyon  ushbu ko‘rsatkich ikki barobarga ko‘tarilgan. Nayrobi avtoparki sakkiz yil ichida sakkiz barobarga kengaygan. Bu mamlakatda dizel eng ommalashgan yonilg‘i hisoblanadi.