BMT global inqirozga qarshi kurashish uchun 22,9 million dollar ajratadi
Barqaror rivojlanish maqsadlari qo‘shma jamg‘armasi global oziq-ovqat, energetika va moliyaviy inqirozga qarshi kurashish uchun favqulodda rivojlanish mexanizmini ishga tushirdi, — deb xabar bermoqda BMT matbuot xizmati.
Ukrainadagi vaziyat ushbu uch turdagi global inqirozni kuchaytirdi. Bu shunday ham COVID-19 pandemiyasi va iqlim o‘zgarishi tufayli zarar ko‘rgan global iqtisodiyotga qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
Jamg‘arma 100 dan ziyod mamlakat va mintaqada oziq-ovqat, energiya va moliyaviy inqirozga qarshi choralarni qo‘llab-quvvatlash uchun 22,9 million dollar sarflaydi.
Germaniya oziq-ovqat xavfsizligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma jamg‘armaga allaqachon 2,7 million dollar ajratgan.