Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT G‘azo sektoridagi qonunbuzarliklarni tekshirish uchun komissiya tuzishga chaqirdi
10:36 / 2021-05-28

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi G‘azo sektori va Isroilda yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarliklarni tekshirish bo‘yicha komissiya tuzishga chaqiradi, deyiladi Falastin atrofida yuzaga kelgan vaziyatga bag‘ishlangan Inson huquqlari kengashi maxsus sessiyasi yakuni bo‘yicha qabul qilingan rezolyutsiyada.

Mazkur hujjat bo‘yicha ovoz berish Germaniya talabiga ko‘ra  bo‘lib o‘tgan. Unda kengashga a’zo 47 mamlakatning 24 tasi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. 14 mamlakat betaraf qolgan.

Rezolyutsiya loyihasi Pokiston tomondan taqdim etilgan edi.