Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: G‘azo dunyodagi eng xavfli joylardan biriga aylandi
12:23 / 2023-12-07

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA ) G‘azo sektori dunyodagi eng xavfli joylardan biriga aylanganini bildirdi.

Tuzilmaning ijtimoiy media akkauntida e’lon qilingan bayonotda, G‘azo yangi ko‘chish to‘lqinini boshdan kechirayotgani, vaziyat daqiqa sayin yomonlashayotgani aytildi.

“Xavfsiz hudud yo‘q. Butun G‘azo sektori dunyodagi eng xavfli joylardan biriga aylandi. Boradigan joy yo‘q, chunki barcha boshpanalar, jumladan UNRWAga tegishli manzillar ham xavfli bo‘lib qoldi”, — deyiladi bayonotda.

G‘azoga hujum oqibatida halok bo‘lganlar 16248 kishi. Ulardan 7112 nafari bolalar, 4885 nafari ayollar. 7600 inson bedarak.

Urush boshlangandan beri jami 1550 qirg‘inda 32 fuqaro mudofaasi xodimi, 81 jurnalist nobud bo‘lgan.

Bayonotda quruqlik, havo va dengizdan uyushtirilgan ommaviy hujum natijasida turli tan jarohati olganlar soni 43 616 kishiga yetgani bildirildi.

Isroilning bombardimoni natijasida 121 jamoat binosi, 100  masjid butunlay, 192 masjid qisman vayron bo‘lgan, 3 ta cherkov jiddiy zarar ko‘rgan, 69 maktab to‘liq, 275 maktab esa qisman vayron qilingan.

Afsuski, ushbu xavfli hududdagi uyini tark etishga majbur bo‘lganlar 1 million 500 ming kishidan oshib ketdi.

Go‘zal Sattorova,

O‘zA