BMT G‘arbning Ukrainaga F-16 samolyotlarini yetkazib berish rejasiga baho berdi
"BMT Ukrainadagi mojaro tashkilot nizomiga muvofiq yakunlanishini istaydi", deb bayonot berdi BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik. U G‘arbning Kiyevga F-16 samolyotlari yetkazib berish rejasini quyidagicha izohladi:
“Biz urush harakati kechayotgan hududlarga turli qurollar yetkazib berilishiga izoh bermaymiz. Maqsadimiz mojaroning BMT nizomiga, xalqaro huquqlarga va BMT Bosh Assambleyasining shu haqdagi rezolyutsiyalariga muvofiq yakunlanishini ko‘rish ekanini bosh kotib bir necha bor ta’kidlagan”, - dedi Dyujarrik.