Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: G‘arbiy Sohilda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoni yo‘q
14:37 / 2024-06-20

Birlashgan Millatlar Tashkiloti sog‘liqni saqlash infratuzilmasiga uyushtirilayotgan hujum va G‘arbiy Sohilda harakat cheklanishi sog‘liqni saqlash xizmatidan foydalanishga to‘sqinlik qilayotganini bildirdi.

BMT Aholishunoslik jamg‘armasining hududdagi salomatlik holati bo‘yicha e’lon qilgan hisobotida aytilishicha, kelgusi oy viloyatda tug‘ruq soni 8 mingga yetadi, 15 foiz holatda asorat seziladi. Tibbiy yordam yetishmasligi o‘limga olib kelishi ham mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus sog‘liqni saqlash inqirozi chuqurlashib borayotganidan xavotir bildirdi:

– G‘arbiy Sohilda oddiy aholini va sog‘liqni saqlash xizmatini shoshilinch, faol himoya qilishga chaqiramiz, – dedi JSST Bosh rahbari.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA