Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT dunyo yana yadroviy qarama-qarshilikka qaytayotgani haqida ogohlantirmoqda
16:23 / 2021-01-11

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh Bosh Assambleyaning birinchi majlisi bo‘lganiga 75 yil to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda shu haqda katta xavotir bilan eslatdi, deb yozadi RIA Novosti.

Uning ta’kidlashicha, sayyoramizda geosiyosiy keskinlik kuchaymoqda.

«Yadro qurolining tarqalishi va qarama-qarshiliklar tahdidi yana qaytdi», — dedi BMT Bosh kotibi.

Bundan avval Guterresh joriy yilni 1945 yil bilan tenglashtirib, hozir koronavirus bilan urush ketyapti, degan edi.  

«bugungi urush mikroskopda ko‘rinadigan virusga qarshi kechyapti. Ertaga kiberkengliklardagi terrorchilarga qarshi urush boshlanishi mumkin», — dedi Guterresh.  

Shuningdek, u dunyo hamjamiyatini xalqaro hamkorlikni saqlashga va ushbu tushunchani kengroq tasavvur qilishga chaqirdi.

Mazkur chiqishida Bosh kotib boy mamlakatlarni vaksina bo‘yicha millatchilik qilayotganlikda va vaksina sotib olish uchun bo‘layotgan kurashda ushbu davlatlar kam rivojlangan mamlakatlarning ehtiyojini tan olmayotganlikda aybladi.