BMT: Dunyo aholisining uchdan biridan ko‘prog‘i qashshoq yashaydi
Ma’lumki, shu kunlarda Qozon shahrida “Rossiya – Islom olami: KazanForum” xalqaro iqtisodiy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Forumda so‘zga chiqqan BMTning Moskvadagi axborot markazi direktori Vladimir Kuznetsovning aytishicha, hozirda dunyo aholisining uchdan biridan ortig‘i kuniga 2-6 dollarga kun kechiradi.
– Bir qator hududlarda qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha sezilarli muvaffaqiyatlarga qaramay, dunyoda ko‘plab odamlar yo‘qchilik soyasida qolib ketmoqda, -dedi u o‘z nutqida. –Jahon aholisining qariyb 60 foizi o‘z ishini yo‘qotish va yangi ish topolmasligidan xavotirda.
Notiqning ta’kidlashicha, dunyo aholisining aksariyati daromadlar tengsizligi o‘sib borayotgan mamlakatlarda yashaydi. Bu ko‘p jihatdan irq, tabaqa va tug‘ilgan joy kabi omillar bilan bog‘liq.
S.Rahimov, O‘zA