English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Burkina-Fasoda o‘g‘irlangan ellik nafar xotin-qizni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi
10:34 / 2023-01-18

Sinxua agentligi bir necha kun avval noma’lum qurolli shaxslar Burkina-Faso shimolida joylashgan Arbinda qishlog‘i yaqinida ayollar va qizlarni o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergan edi.

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti mamlakatga murojaat qilib, o‘z turar-joylari yaqinida meva terayotgan bir paytdla o‘g‘irlab ketilgan ellik nafar xotin-qizni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.

Tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish voqeani keskin qoralagan:

– Bosh kotib o‘g‘irlangan fuqarolarni zudlik bilan so‘zsiz ozod qilishga hamda ularni o‘z oilalari bag‘riga sog‘-salomat qaytarishga chaqiradi, deyiladi BMT matbuot xizmati bayonotida.

A.Guterrish rasmiylar ushbu jinoyatni sodir etganlarni javobgarlikka tortish uchun bor kuchini ishga solishi kerakligini aytgan. U, shuningdek, BMT Burkina-Faso va xalqaro hamkorlar bilan G‘arbiy Afrika davlatidagi tinch aholi himoyasini ta’minlash va tinchlikka erishish yo‘lidagi sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirgan.

Shu o‘rinda, BMT Inson huquqlari oliy komissari Volker Turk ham aybdorlarni javobgarlikka tortishni so‘rayapti.

Darvoqe, yanvar oyi boshida BMT Xavfsizlik kengashi G‘arbiy Afrika va Sohil mamlakatlarida xavfsizlik masalasiga bag‘ishlangan tinglov o‘tkazgan.