Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh qarorgohida yoshlarga oid tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi (+video)
21:20 / 2025-09-26

Davlatimiz rahbarining BMT Bosh qarorgohida Bosh Assambleyaning 80-sessiyasi doirasida nutq so‘zlashi minglab yoshlarni ham yangi tashabbuslarga ruhlantirdi. Bunday yuksak minbardan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida bildirilgan ko‘plab takliflar albatta kelajakda o‘z mevasini beradi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan uchrashuvda davlat rahbarining ayniqsa shu yo‘nalishdagi takliflarini yoshlar katta mamnuniyat va quvonch bilan kutib oldilar. 

“O‘zbekiston-BMT: Umumbashariy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish” mavzusidagi tadbir deputatlar, professor-o‘qituvchilar va yuzlab talabalarni bir g‘oya atrofida birlashtirdi. U ham bo‘lsa dunyoda tinchlik, taraqqiyot bardavomligi, ezgu g‘oyalar atrofida birlashish. Ta’kidlandiki, kambag‘allik darajasining keskin pasayishi, ta’lim sohasida qamrovning ko‘payishi va gender tenglik borasidagi tashabbuslar nafaqat ichki siyosiy islohotlar, balki xalqaro majburiyatlarni bajarishda ham muhim qadam bo‘ldi. 

Prezidentimizning yuksak minbardan turib ertangi kunimiz, dunyoning taqdiri va farovonligi o‘sib kelayotgan yosh avlod qo‘lida ekani, yoshlarning qalbi va ongiga tinchlik, gumanizm va do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat kabi olijanob g‘oyalarni singdirish dolzarb vazifa bo‘lib qolishi haqidagi fikrlari va “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati”ni ta’sis etish tashabbuslari yoshlar katta xursandchilik bilan qabul qildi va qo‘llab-quvvatlashdi. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yoshlar taqdiri mamlakat taqdiri bilan chambarchas bog‘liq ekan, davlat rahbarining tashabbuslari albatta kelgusida yigit-qizlarimizga yangi marralar, tashabbuslar, ulkan yutuqlar sari yo‘l ochib beradi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/cqFKFQSzn3w" title="BMT Bosh qarorgohida yoshlarga oid tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Iskandar Ismatov, O‘zA