Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT bosh kotibning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili mamlakatdagi vaziyat haqida fikrlarini bayon qildi
09:54 / 2021-08-07

“Afg‘onistondagi jangarilar qator qishloq tumanlarini egallab olganidan so‘ng yirik shaharlarga hujum boshladi va bu urush miqyosi Afg‘onsitondan tashqariga ham chiqishi mumkin”, dedi BMT bosh kotibning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Debora Layons.

Qobuldan turib BMT Havfsizlik kengashida qilgan chiqishida u faqat haqqoniy tinchlik bitimi bilan vaziyat barqarorlashishi mumkinligi va “xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonni bu asrga xos bo‘lmagan halokat girdobiga tashlamaslik uchun kuch va imkoni yetishini” ta’kidladi. Keyingi oyda Afg‘onistondagi minglab odamlar jangarilar zulmi ostida qoldi, uylar, do‘kon, shifoxona, ko‘prik va boshqa infratizim ob’ektlari vayron bo‘ldi.

“Bu yaqin yillardagi Suriyani va yana judayam uzoq tarix bo‘lmagan Sarayevoni eslatuvchi boshqacha urush. Shahar tumanlariga hujum – aholiga atayin yetkazilgan zarar va qurbonlar demakdir”, dedi spiker.