Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT bosh kotibining birinchi o‘rinbosari yoshlar bilan uchrashdi
14:32 / 2022-06-13

Poytaxtimizdagi "Kitob olami" majmuasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad xonim va Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda BMTning O‘zbekiston yoshlariga mo‘ljallangan maqsadli loyihalari sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish va volontyorlik bo‘yicha g‘oyalarni ommalashtirish va ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlarga oid siyosat doirasidagi yangi loyihalar ko‘lamini kengaytirish, bunday loyihalarda BMT hamda boshqa xalqaro hamkorlar ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA