Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh kotibi yadro quroli tahdididan ogohlantirdi
16:45 / 2024-08-07

Dunyo yana yadro qurolidan foydalanish bilan bog‘liq haqiqiy tahdidga duch keldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlanganining 79 yilligiga bag‘ishlangan murojaatida shu haqda gapirdi.

– Yadro qurolidan foydalanish tahdidi tarixiy kitoblar sahifasida qolib ketgani yo‘q, – dedi u. – Bunday kunlik ritorika xalqaro munosabatlar bilan bog‘liq vaziyatda yana namoyon bo‘la boshladi.

Bunday urushda g‘olib bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlagan Guterrish hech qanday sharoitda yadroviy quroldan foydalanmaslik lozimligini qo‘shimcha qilgan.

Bosh kotib qayd etishicha, ogohlantirishga qaramay, qator davlatlardan yadro tahdidi davom etmoqda. Jahon hamjamiyati bunday nomaqbul hatti-harakatni qoralashi kerak. Afsuski, tarixdan ma’lumki, 1945 yil avgust oyida Xirosima va Nagasaki shaharlari Amerika tomonidan atom bombasi bilan bombardimon qilingan. Oqibatda qariyb 210 ming kishi qurboni bo‘ldi. Bunday ayanchli fojea takrorlanmasligi kerak.

O‘zA