Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh kotibi Ukraina inqirozini bartaraf qilishdagi sa’y-harakatlari uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi
10:37 / 2022-06-01

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Turkiyaga Ukraina mojarosini bartaraf qilishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi, lekin rejalashtirilayotgan shartnomaning tafsilotlarini oshkor qilmoqchi emas, dedi bosh kotibning vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.

"Biz Turkiyaning telefon orqali muzokara o‘tkazgani haqida bergan xabarini ko‘rdik. Bosh kotib Qora dengizdagi vaziyat bo‘yicha hamda mojaroni bartaraf qilish yo‘lida amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari uchun Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi", – dedi Dyujarrik TASS agentligi vakilining savollariga javob berar ekan.  

Avvalroq Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an ofisi Turkiya yetakchisi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefonda muzokara o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Muzokaralarda Qora dengiz bo‘ylab kemalar qatnovi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilingan.  

Anqaradan ma’lum qilinishicha, Erdog‘an Rossiya va Ukraina vakillarining BMT ishtirokida uchrashuvini Istanbulda tashkil etish masalasini ham ko‘targan.