BMT Bosh kotibi Osiyo bo‘ylab safarini boshladi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari Antoniu Guterrish Osiyo bo‘ylab safarini boshladi, deya xabar berdi BMT matbuot xizmati. Dasturda Yaponiya, Mo‘g‘uliston va Janubiy Koreyaga tashrif rejalangan.
Bosh kotib Xirosimada har yili 6 avgust kuni o‘tkaziladigan Tinchlikni xotirlash marosimida ishtirok etdi. Shuningdek, Tokioda bir qator yuqori martabali rasmiylar, jumladan, Bosh vazir Fumio Kisida bilan uchrashadi.
Bugun Geterrish yadro qurolidan xoli hudud sifatida e’lon qilingan, yadroviy qurol tarqatmaslikka va qurolsizlanishga sodiqlik namoyish etgan Mo‘g‘ulistonga boradi. Ulan-Batorda “Bir milliard daraxt” tashabbusida ishtirok etib, daraxt ekish marosimida qatnashadi.
11 avgust kuni Janubiy Koreyaga safar ko‘zda tutilgan.