Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT bosh kotibi Kaxovka GESi vayron qilinishiga munosabat bildirdi
13:31 / 2023-06-07

BMT fuqaro infratuzilmalari ob’ektlariga hujumlarni to‘xtatishga chaqiradi va tezkor tartibda Kaxovka GES vayronagarchiliklaridan jabr ko‘rganlarga yordam jo‘natadi, deb bayonot berdi seshanba kuni BMT bosh kotibi Antonio Guterrish.

“BMT va gumanitar sheriklarimiz Ukraina hukumati bilan kelishgan holda zudlik bilan toza ichimlik suvi, suvni tozalash uchun tabletkalar hamda boshqa eng zarur yordamlarni halokat sodir bo‘lgan hududga jo‘natadi”, – dedi tashkilot bosh kotibi jurnalistlarga.

Uning ta’kidlashicha, Kaxovka GESi halokati nafaqat fuqarolar fojiasi, balki ekologik falokat hamdir. Bosh kotibning aytishicha, BMT GESning vayron etilishiga tegishli mustaqil ma’lumotlarga ega emas, shunday bo‘lsada, fuqaro ob’ektlariga hujum qilishni to‘xtatishga chaqiradi.

“Tinch aholiga va fuqaro infratuzilmalari ob’ektlariga hujum qilishni to‘xtatish kerak, xalqaro gumanitar huquq va normalarga amal qilinishi va buning uchun javobgarlik ta’minlanishi zarur”, – dedi BMT bosh kotibi.