BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Jenevada Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvda qatnashib, dunyo hamjamiyatini keyingi 4 oy ichida Islom Respublikasiga 606 million dollarlik yordam ajratishga chaqiradi.
Bu haqda BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits Kobulga qilgan tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilgan.
– Bosh kotib 13 sentyabr, dushanba kuni Jenevada dunyoga murojaat qilib, to‘rt oy davomida 606 million dollar ajratishga chaqiradi, – dedi Griffits.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mablag‘ "Afg‘onistonning hozirgi gumanitar ehtiyojlarini qondirish", "oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy xizmatlar", shuningdek, xodimlarning xavfsizligini ta’minlash uchun sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, 13 sentyabr kuni BMT Bosh kotibi Jenevada Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida bevosita ishtirok etadi.
Bu mamlakatda gumanitar operatsiyalarni moliyalashtirishni ko‘paytirish, shuningdek, gumanitar yordamga qaratilgan.