Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh kotibi G‘azodagi maktabga hujumni qoraladi
16:43 / 2024-08-13

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo sektoridagi maktabga uyushtirilgan, 100 nafar falastinlik hayotiga zomin bo‘lgan hujumni qoraladi.

Mulozimning matbuot kotibi o‘rinbosari Farxon Haq kundalik matbuot anjumanida, jumladan, shunday degan:

– Isroilning G‘azo shahridagi Al-Bayon maktabiga yana bir halokatli hujumi guvohimiz. Bu maskan davom etayotgan dahshat, ko‘chish va azob-uqubat sharoitida yuzlab ko‘chirilgan oilalar, ko‘plab qurbonlarga boshpana bermoqda.

Bayonotda Bosh kotib “xalqaro gumanitar huquqni, jumladan hujumda kamsitish, mutanosiblik va ehtiyot choralarini qo‘llash zarurligini ta’kidlagan”i ham qayd etilgan.

AQSH, Misr va Qatar yetakchilarining vositachilik sa’y-harakatini olqishlagan Guterrish “tomonlarni muzokarani davom ettirish, o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishib olishga chaqirgan. Shuningdek, begunoh aholini himoya qilish va G‘azoga to‘siqsiz, xavfsiz insonparvarlik yordami kirishini ta’minlash zarurligini ham eslatgan.