Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh kotibi bolalarni o‘g‘irlash holatlari keskin ortib borayotganidan xavotir bildirdi
18:41 / 2021-06-30

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bolalarni o‘g‘irlash holatlari keskin oshib borayotganini ma’lum qildi.

U Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida o‘tgan yilgi hisobotni taqdim etdi. Unga ko‘ra, 2020 yilda dunyo bo‘yicha voyaga yetmaganlarga oid 24 mingga yaqin jiddiy qonunbuzarlik aniqlangan.

BMT Bosh kotibi Xavfsizlik Kengashi topshirig‘iga binoan uning maxsus vakili urushda qolib ketgan bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi.

O‘g‘irlangan 85 foiz o‘g‘il bolalar askarlikka jalb etilgan, 98 foiz qizlar jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Bolalarga qarshi keng tarqalgan jinoyatlar – bu qurolli guruhlarga yollanish va hudkushlikdir. Hisobotda bolalar huquqlarini e’tiborsiz qoldirish jamiyatdagi eng katta zaiflik ekani aytildi.

Shuningdek, Afg‘oniston, Suriya va Yaman bolalar uchun eng xavfli mamlakatlar qatoriga kirishi ma’lum qilindi.

“O‘tgan yil Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Nigeriya, Filippin, Janubiy Sudan va Suriyadagi mojaro ishtirokchilari bilan muloqotni rivojlantirishda yutuqlarga erishildi. Umuman, urush kechayotgan tomonlar bolalarni himoya qilish bo‘yicha 35 ta majburiyat, shu jumladan, Myanma va Janubiy Sudanda imzolangan ikkita yangi harakat rejalarini o‘z zimmalariga oldi”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bolalarni himoya qilish tizimini qayta ko‘rib chiqish kerak. Ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni yaxshilash, yoshlarga qarshi jinoyatlar to‘g‘risida erta ogohlantirish tizimlarini takomillashtirish va ushbu jinoyatlarga qarshi kurashish uchun o‘z vaqtida choralar ko‘rish maqsadga muvofiq bo‘ladi.