Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT Bosh Assambleyasi sun’iy intellekt bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi
11:43 / 2025-07-29

BMT Bosh Assambleyasi Tojikiston tashabbusi bilan sun’iy intellekt bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar tarqatdi Tojikiston TIV matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, hujjat ta’lim, startaplar va xalqaro hamkorlikka e’tibor qaratgan holda ishonchli va xavfsiz texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Loyihani tuzilmaga a’zo davlatlarning mutlaq ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatladi. Bu sun’iy intellektdan axloqiy va xavfsiz foydalanish bo‘yicha global hamfikrlikni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Qarorga ko‘ra, Dushanbeda Markaziy Osiyoda sun’iy intellekt dasturlarini muvofiqlashtiruvchi Mintaqaviy sun’iy intellekt markazi tashkil etiladi.

S.Rahimov, O‘zA