Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Bir milliard aholining to‘rtdan uch qismi och!
18:34 / 2023-07-15

So‘nggi yetti yil ichida birinchi marta dunyoda och qolganlar soni ko‘paymagan. Binobarin, Afrika, G‘arbiy Osiyo va Karib havzasining ayrim hududlari ko‘rsatkichi yomonlashgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining besh muassasasi tomonidan Jenevada taqdim etilgan “Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanish darajasi” nomli hisobot xulosasi shunday.

Hujjatga ko‘ra, 2022 yil dunyoda och qolganlar soni qariyb 735 million kishini tashkil etgan, bu raqam avvalgi yildan 3,8 million kam. Afsuski, BMT ekspertlari yuqorida sanab o‘tilgan uch mintaqada ochlik muammosi og‘irlashayotganiga ishora qilgan.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, 2022 yil 2,4 milliard odam yoki dunyo aholisining 29,6 foizi oziq-ovqat mahsulotidan bemalol foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan. Ularning fikricha, agar shu tendensiya davom etsa, 2030 yilgacha sayyoramizda ocharchilikka barham berish maqsadiga erishilmaydi.

BMT buning sababi sifatida koronavirus pandemiyasi, davriy tabiiy ofatlar, shuningdek, qurolli to‘qnashuvlar, xususan, Ukraina ziddiyatini ko‘rsatmoqda.

Eng og‘ir ahvol Afrikada kuzatilyapti. Hisobotda keltirilishicha, qit’ada har beshinchi odam ochlikka duch kelmoqda. Bu o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori. Osiyo va Lotin Amerikasi bu borada yaxshi tomonga o‘zgarish yasay olgan.

2022 yil dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan 148 million bola to‘yib ovqatlanmaslik tufayli sust rivojlangan. 37 million yosh o‘g‘il-qiz ortiqcha vazndan aziyat chekkan.

O‘zA