Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT barcha davlatlardan Myanma harbiy hukumatini tan olmaslikka chaqirdi
12:04 / 2021-02-27

BMT bosh kotibining Myanma bo‘yicha maxsus elchisi Kristin Shraner-Burgener barcha davlatlarni Myanmadagi harbiy hukumatning qonuniyligini tan olmaslikka chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, o‘tgan saylovda "Demokratiya uchun milliy liga" (DML) g‘alaba qilgan.

Juma kuni BMT Bosh Assambleyasida Myanmadagi vaziyat muhokama qilindi.

"Men harbiylarning harakatlarini keskin qoralayman va barchangizni jamoa bo‘lib Myanmadagi demokratiyani qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman. Muhimi, xalqaro hamjamiyat harbiy hokimiyatning qonuniyligini tan olmasligi kerak", dedi Shraner-Burgener.

Uning ta’kidlashicha, Myanmada amalga oshirilgan harbiy to‘ntarish va joriy qilingan favqulodda holat mamlakat konstitutsiyasiga ziddir.

Bundan tashqari, Shraner-Burgener xonimning ta’kidlashicha, 2020 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda "Demokratiya uchun milliy liga" partiyasi 82 foiz ovoz olgan.