Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: Armaniston tomonidan Ozarbayjon hududiga o‘rnatilgan minalar jiddiy xavotir uyg‘otmoqda
14:11 / 2023-09-30

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 78-sessiyasi raisi Dennis Frensis Armaniston tomonidan Ozarbayjon hududiga o‘rnatilgan minalar jiddiy tashvish uyg‘otayotganini bildirdi. Bu haqda mutaxassis Nyu-Yorkda anjuman yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Jurnalistlarning Armaniston ishg‘ol yillarida Ozarbayjon hududiga 1 millionga yaqin mina qo‘ygani haqidagi ma’lumot bilan bog‘liq savoliga javob berar yekan, Frensis bu holat jiddiy xavotir uyg‘otadi, dedi. Ta’kidlanishicha, xalqaro huquq me’yoriga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvda ayrim turdagi qurollardan foydalanmaslik belgilangan. BMT mulozimi tomonlarni xalqaro qonun-qoidaga rioya qilishga chaqirdi.