Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: AQSH tashqi yordamni muzlatishi – ayollar va bolalar farovonligiga tahdid
16:46 / 2025-02-05

Birlashgan Millatlar Tashkiloti gumanitar tashkilotlari AQSHning xorijiy yordam dasturlari moliyalashtirilishini to‘xtatish qaroridan xavotir bildirdi. Bu haqda seshanba kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Aholishunoslik jamg‘armasi va Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari ma’lum qildi.

Jamg‘arma matbuot kotibi Yens Laerke aytishicha, butun dunyodagi BMT vakolatxonalari mazkur kutilmagan tashabbusning ta’sir ko‘lamini baholash uchun AQSH elchixonalari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi.

– 24 yanvar kuni AQSH ma’muriyati 90 kun muddatga deyarli barcha xorijiy yordam dasturlarini to‘xtatdi, – dedi tuzilmaning Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy direktori Pio Smit. – Xususan, Aholishunoslik jamg‘armasi ham AQSH granti hisobidan moliyalashtirilayotgan xizmatlarni to‘xtatdi. Bu loyihalar Janubiy Osiyodagi inqirozli mintaqalarda xotin-qizlar uchun hayot yo‘liga aylangan edi.

Shuningdek, u mablag‘ uzilishi 2025-2028 yillar oralig‘ida Afg‘oniston xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlash kamayishi tufayli jiddiy oqibatga olib kelishi mumkinligini ham ta’kidlagan:

Ayollar aksil sanitar sharoitda yolg‘iz tug‘adilar. Akusherlik xizmati qiyinlashadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar nobud bo‘lishi holati ko‘payadi. Gender zo‘ravonlik qurbonlari tibbiy yoki psixologik yordam olish imkonidan mahrum bo‘ladi.

AQSH tarixan global gumanitar sa’y-harakatlarning eng yirik donoridir. O‘tgan yil global gumanitar so‘rov asosida moliyalashtirish miqdorining 47 foizi ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keldi.

BMTning Jenevadagi Axborot xizmati direktori Aleksandra Velluchchi jahon tashkiloti o‘rinli tanqidni tinglash, munosabatni yaxshilashga harakat qilishga tayyorligini bildirdi.

– Ommaviy ayblov hech bir hayotni saqlab qololmaydi, – deydi Yens Laerke.

Tarkibida 47 davlat vakillari yig‘ilgan Inson huquqi bo‘yicha kengash matbuot kotibi Paskal Sima esa AQSH 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 3 dekabrgacha Kengash a’zosi bo‘lgani, joriy yil 1 yanvardan esa kuzatuvchi davlat maqomini olganiga e’tibor qaratdi.

S.Rahimov, O‘zA