Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BMT: AQSH ketgandan keyin Afg‘onistonda iqtisodiy vaziyat yanada yomonlashgan
14:43 / 2022-08-29

AQSH ketganidan keyin Afg‘onistonda iqtisodiy vaziyat sezilarli ravishda yomonlashgan, dedi BMTning Afg‘onistondagi gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarov RIA Novostiga bergan intervyusida.

Afg‘onistonda hukumat o‘zgarishi mamlakatda yuzaga kelgan og‘ir gumanitar vaziyatga qandaydir ta’sir ko‘rsatdimi, deb berilgan savolga Alakbarov shunday deb javob bergan: "So‘nggi yillarda bizda birinchi navbatda iqtisodiy ahvol yomonlashgan". 

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda "bank tizimi ishlamaydi, iqtisodiyot bilan bog‘liq funksiyalar faoliyat ko‘rsatmayapti".

"Barchasi to‘xtagan. Shu sababli iqtisodiy inqiroz yanada kuchaymoqda", – degan koordinator. 

Alakbarovning ta’kidlashicha, mamlakatda iqtisodiy faoliyat bo‘lmagach, gumanitar sohada bosim quchayadi. "Avvalgi davlat byudjeti 13,5 milliard dollarni tashkil etar edi. Tuzilmasi biz uchun noma’lum bo‘lgan hozirgi davlat byudjetining xarajat qismi 3 milliard dollarni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga, biz bu pullar nimaga sarflanishini ham bilmaymiz. Ushbu uch milliardning 1  milliardi kamomad hisoblanib, uni hali topish kerak bo‘ladi. Xullas, 13,5 milliard bilan  3 milliard orasidagi farq ko‘z o‘ngimizda", – dedi u.  

Koordinatorning aytishicha, Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan tashqi yordam miqdori oz. Shu bois mamlakatda gumanitar vaziyat ham avvalgi yillarga qaraganda yomonlashgan.