Afg‘onistonda 2021 yilning birinchi yarmida tinch aholi orasida o‘ldirilgan va jarohatlanganlar soni rekord darajaga yetgan. Mamlakatda ayniqsa may oyida xorijiy qo‘shinlar chiqib ketishi sharoitida zo‘rovonlik avjiga chiqqan, deyiladi BMTning Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash missiyasi (UNAMA) e’lon qilgan ma’ruzada.
"Harbiy harakatlar “Tolibon” jangarilari hujumidan keyin kuchaydi. Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar soni 5 ming 183 (1 ming 659 o‘ldirilgan va 3 ming 254 kishi jarohatlangan) kishini tashkil etgan. Bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 47 foizga ko‘pdir", - deyiladi missiyaning 2021 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha tayyorlagan ma’ruzada.
BMT missiyasining hisob-kitobicha, may oyidan to iyun oyigacha Afg‘onistonda o‘ldirilganlar va jarohat olganlar soni keskin oshgan (783 va 1 ming 609 kishi tegishlicha).
Bundan tashqari, ma’ruzada ta’kidlanishicha, tinch aholi orasida o‘ldirilgan va yarador qilinganlarning 32 foizi bolalar, 14 foizi ayollardir.
Tinch aholi o‘limida barchasidan ko‘p hukumatga qarshi kuchlar javobgardir (64 foiz), deyiladi xabarda.
Aprel oyida ham UNAMA mazkur masala bo‘yicha ma’lumot tarqatgandi. Unda Afg‘onistonda tinch aholi o‘rtasida o‘ldirilgan va jarohatlanganlar soni 2021 yilning birinchi choragida avvalgi yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshgani aytiladi.