French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“BMB HOLDING” Xitoy tadbirkorlari bilan kelishuvlarga erishdi
10:44 / 2024-03-12

Jizzaxdagi “BMB HOLDING” kompaniyasi ta’sischisi Mirzamurod Dadajonov Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib, yirik tadbirkorlar bilan uchrashuv va muzokaralar olib bormoqda.

U, jumladan,  Xitoyning “ZHEJIANG GUANFENG FOOD MACHINERY CO LTD” kompaniyasida bo‘lib, korxona rahbari janob Xu Guo Feng bilan uchrashdi.  

Ushbu kompaniya 30-yillik tarixga ega bo‘lib, hozir Xitoyning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, muzlatish, suvsizlantirish va shu kabi chuqur qayta ishlashning eng ilg‘or texnologiyalarini ishlab chiqaradi va realizatsiyasi bilan shug‘ullanadi. Meva-sabzavotlarni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqarish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba va mavqega ega. Hozirgi kunda ushbu kompaniya texnologiya va uskunalari dunyoning 57 mamlakatiga eksport qilinadi.  

“BMB HOLDING” tizimidagi korxonalarda meva-sabzavotlarni qayta ishlash  va chuqur qayta ishlashni samarali tashkil qilish  borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.  

Bundan tashqari, “BMB HOLDING” kompaniyasi Xitoyning Shanxay shahrida tashkil etilgan bir qator yirik va eng so‘nggi to‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari ko‘rgazmasida ham ishtirok etdi. Jumladan, Shanxay milliy ko‘rgazmalar markazida “Xitoy xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasi – 2024”, “Xitoy xalqaro to‘qimachilik va ip–kalava ishlab chiqarish texnologiyalari – 2024”, “Xitoy xalqaro to‘qimachilik matolari va aksessuarlari – 2024” kabi nufuzli ko‘rgazmalarda qatnashib, yirik Xitoy kompaniyalari faoliyati, eng zamonaviy va so‘nggi avlod to‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari ishlab chiqaruvchilar bilan manfaatli muzokaralar olib borildi.

Xitoydagi yirik kompaniyalarning paxta, mato va to‘qimachilik, ip-kalava va boshqa shu kabi mahsulotlarni qayta ishlash, chuqur qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi tajribalari o‘rganildi. Yurtimizda ham shu yo‘nalishda qo‘shma loyihalar tashkil etish borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri