Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“BMB HOLDING” milliy avtomotosport rivojlanishida ko‘maklashadi
10:05 / 2025-04-06

O‘zbekistonda avto-moto sportini yangi bosqichga olib chiqish, sport infratuzilmasini mustahkamlash va sportchi yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochish maqsadida “BMB HOLDING” kompaniyasi ta’sischisi Aziz Mamatqulov hamda O‘zbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, federatsiya bosh kotibi Aleks Soy o‘rtasida homiylik shartnomasi imzolandi.

Ushbu bitimda  milliy avtomotosportni rivojlantirish bilan birga respublika va xalqaro miqyosda musobaqalar tashkil etish, zamonaviy tendensiyalarga mos sport tadbirlarini o‘tkazish, yo‘l harakati madaniyatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

“BMB HOLDING” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus mamlakatimizda avto-moto sport turlarini rivojlantirish uchun rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi.

– Ushbu hamkorlik, o‘sib kelayotgan yosh avlodning sportga, xususan, avtomobil va mototsikl sportiga qiziqishini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xalqaro sport maydonlarida mamlakatimiz nufuzini oshirishga xizmat qilishiga ishonchim komil, – deydi Aziz Mamatqulov.  

Avtomobil va mototsikl federatsiyasi va “BMB HOLDING” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik yo‘l harakati xavfsizligiga oid dolzarb muammolarni ham hal etishga qaratilganini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.  

A.Qayumov, O‘zA muxbiri